Maktablardagi informatika xonalarini zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta`minlash darajasi — 56,7 foiz. Bu ko`rsatkich joriy yilda 70 foizga etkaziladi.
Ma`lum qilinishicha, xalq ta`limi tizimida umumta`lim maktablarining bitiruvchilari to`g`risidagi ma`lumotlarni raqamalashtirish maqsadida “Attestat”, fan olimpiadalarini o`tkazish maqsadida “Olimpiada” yagona axborot tizimi ishga tushirilgan.
Bugungi kunda masofaviy ta`lim uchun yaratilayotgan sharoit yaratish maqsadida Maktab.uz masofaviy ta`lim platformasi ishlab chiqilgan bo`lib, hozirda kontent yaratish ishlari olib borilmoqda.






