“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi O`RQ-679-sonli Qonun bilan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi, Jinoyat kodeksiga qo`shimcha kiritildi.
Qonunchilik hujjatlarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga omma oldida da`vat qilish — BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha (14 mln 700 ming so`mdan 19 mln 600 ming so`mgacha) miqdorda ma`muriy jarima solishga sabab bo`ladi.
Ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo`ravonlik qilishga omma oldida da`vat qilish:
BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha jinoiy jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan yoki OAV, telekommunikasiya, Internet orqali sodir etilsa:
BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Zafarbek NURMATOV, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudyasi






