Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) O`zbekistondagi muhtojlarga oziq-ovqat tarqatdi. Bu haqda "Anadolu" agentligi saytida xabar berildi.
Ma`lumotga ko`ra, oziq-ovqat paketlarini mamlakatning 14 mintaqasidagi 4631 oila qabul qildi.
Yordam TİKA ning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan O`zbekiston musulmonlari diniy idorasi huzuridagi Vaqf yordam fondi orqali tarqatildi.
TİKA dasturi doirasida muhtoj oilalarga 77,3 tonna oziq-ovqat berildi. Har bir oziq-ovqat sumkasida un, kungaboqar yog`i, guruch, choy va shakar kabi o`n xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari mavjud.
TİKA ning Toshkentdagi koordinatori Jemalettin Tyuneyning so`zlariga ko`ra, agentlik xodimlari Ramazon oyi munosabati bilan O`zbekistonning barcha hududlarida oziq-ovqat mahsulotlarini muhtojlarga yetkazib berishadi.
Farida Egamberdieva tayyorladi






