AsosiyJamiyat

Yuqorichirchiq tumanida qum-shag`al aralashmasini o`zboshimchalik bilan qazib olgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Yuqorichirchiq tumanida qum-shag`al aralashmasini o`zboshimchalik bilan qazib olgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

“C.L.” MChJ rahbari I.A., ish boshqaruvchisi O`.Sh. va boshqalar korxonaga tekstil fabrikasi qurish uchun ajratilgan er maydonidan O`zbekiston Respublikasining “Er osti boyliklari to`g`risida”gi qonuni talablariga zid ravishda o`zboshimchalik bilan 59 ming m3 qum-shag`al aralashmasini qazib olishib, noqonuniy ravishda sotib yuborganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar