1

Samarqandda 28 yoshli yigit 37 yoshli tanish ayolini 1000 AQSh dollariga sotdi

Jinoyat 30.04.2021, 18:31
Samarqandda 28 yoshli yigit 37 yoshli tanish ayolini 1000 AQSh dollariga sotdi

2021 yil aprel oyining boshlarida 28 yoshli A.Halim tanishi 37 yoshli I.Orzigulni Turkiya davlatiga shahvoniy maqsadlarda niyatida aldov yo`li bilan uning ishonchiga kirib, unga Turkiya davlatidan yaxshi ish topib berishini va u erga ketishida ham yordam berishini va`da qiladi. Unga tegishli fuqarolik pasportini egallab, I.Orzigulni fuqaro “S” ga 1000 AQSh dollar evaziga sotishga kelishib, 2021 yil 27 aprel kuni soat 22:00 larda Pastdarg`om tumani Tinchlik mahallasida joylashgan kafelardan birida fuqaro “S” bilan savdolashib, 1000 AQSh dollardan 800 AQSh dollarni olayotgan vaqtida viloyat IIB TEQKB va Pastdarg`om tumani IIB TEQKG xodimlari tomonidan  qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg`om tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan A.Halimga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1