AsosiyJamiyat

Shakar va o`simlik yog`ining narxi nega o`sib borayotganiga izoh berildi

'Shakar va o`simlik yog`ining narxi nega o`sib borayotganiga izoh berildi'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida  Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi o`rinbosari Bekzod Ummatov "Shakar va o`simlik yog`i narxining o`sishi sabablari nimada?" degan savolga javob berdi.

Ma`lum qilinishicha, shakar va o`simlik yog`i narxining o`sishi jahon bozori kon`yunkturasi, ya`ni o`tlarda shakllanadigan narxlar bilan bog`liq. O`zbekistonda o`simlik yog`ining asosiy qismi import qilinadi. Bu yil dunyo miqyosida 9,1% miqdorda moyli mahsulotlar hosili kam bo`ldi. Bundan tashqari bizga asosiy eksportyor bo`lgan Rossiya davlatida ham  hosil o`tgan yilga nisbatan 13 foizdan oshiqroq kam bo`ldi.  

Mahsulotlar tannarxi oshgan bo`lsada, ushbu mahsulotlar tanqisligi kuzatilmayapti. Ichki bozorda mahsulot etarli darajada mavjud.

    Boshqa yangiliklar