Qo`limizdan keladigan barcha uddaburonliklar chidam va vaqtning aralashmasidan boshqa narsa emas.
O.Balzak
***
Pul aziz, inson hayoti undan ham aziz, vaqt esa hamma narsadan azizdir.
A.Suvorov
***
O`rtamiyona odam vaqtni tez o`tkazish payida bo`ladi, iste`dod sohibi esa undan foydalanib qolishga urinadi.
A.Shopengauer
***
Bittagina bugun ikkita ertaga arziydi.
B.Franklin
***
Hadeb o`ylayvergan odam hamisha ham to`g`ri qarorga kelavermaydi.
I.Gyote
***
Ba`zan osoyishta vaqtlarda foydali ko`ringan sustkashlik sinov soatlarida halokatli bo`lishi ham mumkin.
A.Lamartin
***
Qarta o`yini aqliy inqirozning yaqqol nishonasidir. Odamlar fikr almashishga qurblari etmasa, qarta tashlashadi.
A.Shopengauer
***
Vaqt va suv toshqini hech qachon kutib turmaydi.
V.Skott
***
Vaqt hamma narsaga o`z ta`sirini o`tkazadi: yillarning poyonsiz halqasi nomini ham, qiyofani ham, fe`l-avtorni, hatto taqdirni ham o`zgartira oladi.
Aflotun