AQSh va boshqa mamlakatlar ko`magida amalga oshirilgan "Mehr-5" operasiyasi natijasida Suriya hududidagi urush ketayotgan "qaynoq nuqtalarga" borib qolib, "Al-Xol" lagerida 3 yildan ortiq vaqt davomida majburiy ushlab turilgan 24 nafar ayollar va 69 nafar bolalar O`zbekistonga qaytarildi.
Ushbu ayollar terrorchilik yo`liga kirgan erkaklarning undovi bilan Suriyaga borgan va erlarini janglarda yo`qotgan.
O`zlari beva, farzandlari esa etim qolgan. Ularning 7 tasi ota - onasini yo`qotgan chim etimlar ekanligi aytilgan.
Endilikda ular Toshkent viloyatidagi "Bo`ston" sanatoriysiga joylashtirilishi ma`lum qilingan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan «Mehr-1», «Mehr-2», «Mehr-3» va «Mehr-4» gumanitar operasiyalari doirasida 320 dan ortiq vatandoshlarimiz O`zbekistonga qaytarilgan edi.






