AsosiyJamiyat

Koronavirus bo`yicha yana antirekord: Toshkentning o`zida 259 ta holat qayd etildi

'Koronavirus bo`yicha  yana antirekord:  Toshkentning o`zida 259 ta holat qayd etildi'ning rasmi

️2021 yil 30 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 91250 (+442) nafarni tashkil etmoqda.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 7 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 53 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 19 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 60 nafari Toshkent viloyatida,
  • 259 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 9 nafar,
  • Jizzax viloyatida 10 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 31 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 6 nafar,
  • Toshkent viloyatida 47 nafar,
  • Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 87313 (+246) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 650 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3287 nafar bemor davolanmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar