AsosiyJinoyat

Xatirchi tumanida aholiga tegishli 32,6 mln so`mlik gaz ballonlar talon-toroj qilindi

'Xatirchi tumanida aholiga tegishli  32,6 mln so`mlik gaz ballonlar talon-toroj qilindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xatirchi tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

“Hududgaz Navoiy” gaz ta`minoti filiali ombor mudiri H.M. filial haydovchisi X. bilan oldindan til biriktirib, javobgarligida bo`lgan 32,6 mln so`mlik 110 dona gaz ballonlarini aholi ehtiyojlari uchun tarqatmasdan, qonunga xilof ravishda notanish fuqarolarga sotib yuborib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan H.M. va X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar