AsosiyJamiyat

Vaziyat jiddiy: O`zbekiston shaharlaridan Istanbulga uchadigan qator reyslar bekor qilindi

'Vaziyat jiddiy: O`zbekiston shaharlaridan Istanbulga uchadigan qator reyslar bekor qilindi'ning rasmi

Epidemiologik vaziyat yomonlashuvi hamda Turkiya hukumati tomonidan 3 haftalik lokdaun e`lon qilinganligi sababli «O`zbekiston xavo yo`llari» ayrim reyslarni bekor qildi. Bu haqda O`zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi. 

Xususan:

Toshkent-Istanbul-Toshkent faqat 14 may kuni HY273-274 reyslari;

Samarqand-Istanbul-Samarqand 
5, 7, 10, 12 va 14 may kunlaridagi barcha parvozlar;

Farg`ona-Istanbul-Farg`ona 1, 5 , 8, 12 va 15 may kunlaridagi parvozlar;

Urganch-Istanbul-Urganch 2, 9 va 16 may kunlaridagi parvozlar bekor qilindi 

 

    Boshqa yangiliklar