AsosiyJamiyat

Toshkentda yo`lovchilar oqimi kam bo`lgan yo`nalishlardagi avtobuslar yakshanba kunlari o`zgartiriladi

'Toshkentda yo`lovchilar oqimi kam bo`lgan yo`nalishlardagi avtobuslar yakshanba kunlari o`zgartiriladi'ning rasmi

 “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi avtobus saroylari tasarrufidagi katta hajmli “Mercedes Benz” avtobuslaridan samarali foydalanish maqsadida, haftaning yakshanba kunlarida yo`lovchilar oqimi kam bo`lgan 34, 37, 40, 67, 80, 97-sonli avtobus yo`nalishlarida 2021 yil 2 may kunidan boshlab, keyingi o`rinlarda haftaning har yakshanba kunlarida “Mercedes Benz” avtobuslari o`rniga “Isuzu” avtobuslarining tasarruf etilishi yo`lga qo`yiladi. Bu xaqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabar berdi

"Yo`lovchilar tashish uzluksizligini ta`minlash maqsadida, ushbu yo`nalishlarda faoliyat yurituvchi avtobuslar soni, qatnov vaqti va avtobuslarning oraliq vaqti o`zgartirishsiz qoldirilishini ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar