AsosiyJamiyat

Prokuraturaning yana bir xodimi 41 yoshida vafot etdi

'Prokuraturaning yana bir xodimi 41 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Koson tumani prokurorining o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan adliya maslahatchisi Sheraliev Bahodir Haydarovich 41 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda "xabar.uz" yozdi. O`limga yurak xuruji sabab bo`lgani aytilmoqda.

Chiroqchi tumanida tug`ilgan B.Sheraliev Samarqand davlat universitetidagi tahsildan so`ng Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar prokuraturasida faoliyat boshlagan. O`tgan yillar davomida tizimda turli lavozimlarda ishlab, mehnatkash va ochiqko`ngil ekani bilan hurmat qozongani aytiladi.

Biz ham marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz

Eslatib o`tamiz, sal avval Bosh prokuratura mas`ul xodimi 33 yoshida vafot etgani xabari berilgandi.

    Boshqa yangiliklar