Azizxon Mahsumov Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo`yicha o`rinbosari — viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Azizxon Mahsumov 1992 yilda Andijon shahrida tug`ilgan. 2013 yilda Osiyo-Tinch okeani Texnologiya va innovasiya universiteti (Malayziya), 2017 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (magistratura) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2013 yilda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi raqobat muhitini rivojlantirish va nohalol raqobatga yo`l qo`ymaslik boshqarmasi birinchi toifali mutaxassisi vazifasidan boshlagan.
Shuningdek, bunga qadar Andijon viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo`yicha maslahatchisi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Hududiy bo`linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i vazifalarida faoliyat yuritgan.






