Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lumotiga ko`ra, O`zbekistonda vaksinasiyaning dastlabki o`n kunida AstraZeneca bilan emlanish 68 foiz, ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish 32 foiz bo`lgan.
Ikkinchi o`n kunlikda esa AstraZeneca bilan emlanish 10 foiz kamayib, 58 foizga tushgani, ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish esa 42 foizga etgani ko`rinmoqda.
28 aprelga kelib mamlakatimiz aholisi uchun uchinchi vaksina — “Sputnik V”dan ham foydalanish boshlandi.
Oy oxiriga kelib vaksinadan foydalanish ko`rsatkichi AstraZeneca da 40,9 foiz, ZF-UZ-VAC2001 da 58,4 foiz, “Sputnik V”da 0,7 foizni tashkil qilgan.
️30 apreldagi kunlik holatga ko`ra, mamlakat bo`ylab 2181 nafar fuqaro AstraZeneca bilan , 74 773 nafar aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan, 2356 nafar kishi “Sputnik V” bilan emlangan.






