2021 yil 1 may holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 91643 (+393) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 6 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 8 nafari Jizzax viloyatida,
- 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 5 nafari Namangan viloyatida,
- 72 nafari Samarqand viloyatida,
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 9 nafari Farg`ona viloyatida,
- 8 nafari Xorazm viloyatida,
- 46 nafari Toshkent viloyatida,
- 216 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 3 nafar,
- Buxoro viloyatida 8 nafar,
- Jizzax viloyatida 19 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
- Navoiy viloyatida 5 nafar,
- Namangan viloyatida 8 nafar,
- Samarqand viloyatida 64 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 11 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 17 nafar,
- Farg`ona viloyatida 2 nafar,
- Xorazm viloyatida 5 nafar,
- Toshkent viloyatida 44 nafar,
- Toshkent shahrida 128 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 87628 (+315) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 652 nafarni tashkil qildi.
️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3363 nafar bemor davolanmoqda.






