Ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumanida yashovchi ayolni erkak kishi urib, jismoniy kuch ishlatgani aks etgan videolavha tarqaldi. Videoda onasini himoya qilayotgan bolalarning bor ovozdagi qichqiriqlarini eshitib, yuragingiz larzaga keladi. Erkak esa ayolni qo`llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, og`zida "kim urayapti? seni?", deya o`zini oqlamoqda. Agar uning bu holati videoga muhrlanmasa, ho`rlanayotgan zaifaning gaplariga bu jamiyatda ishonuvchilarni topish oson bo`lmaydi, nazarimda. Videoni yashirin tarzda kameraga olinayotganiga qaraganda ayolga nisbatan qilinayotgan bu zo`rovonlik birinchi marotaba sodir etilmayotganligini anglashingiz mumkin.
Aniqlanishicha, bu janjal mol-mulk talashish ortidan kelib chiqqan. Ayolga uydan chiqarish kuch ishlatgan erkak o`zining erining akasi bo`lgan. U«Qaqnus» xususiy tibbiyot maskani egasi, vrach Gulmurod Xandalov, ekanligi aytilgan xabarlarda.






