1 may kuni mamlakatimiz hududlari bo`ylab jami 58235 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 856016 nafarga etdi.
1 may kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Andijon viloyati (8852 nafar),
- Samarqand viloyati (7309 nafar),
- Namangan viloyati (7229 nafar) band qildi.
E`tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
- Farg`ona viloyatida 123 064 nafar,
- Namangan viloyatida 92 103 nafar,
- Andijon viloyatida 91 120 nafarni tashkil qilmoqda.






