Sog`liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutining yuqumli kasalliklar shifokori Sohiba Utegenovaning ma`lum qilishicha, joriy yil 1 maydan birinchi o`rinda quyidagilar emlanadi:
- 65 yoshdan katta shaxslar;
- tibbiyot xodimlari;
- maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari;
- o`qituvchilar;
- surunkali kasalligi bor shaxslari.
Unga ko`ra, vaksinaning birinchi dozasini olganlar birinchi navbatda ikkinchi doza bilan emlanadi.
Ayni paytda "ZF-UZ-VAC 2001" va "Sputnik V" vaksinasini olish mumkin.
"AstraZeneca" vaksinasining keyingi partiyasi iyun oyida olib kelinadi. Bu haqda YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ma`lum qilgan.
“Dastlab may oyida vaksinaning qolgan qismini olib kelishni reja qilgan edik. Vaksina Hindistonda ishlab chiqarilishi va u erdagi hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda, etkazib berishda kichik kechikishlar bo`lishi haqida bizni rasman xabardor qilishdi. Shunga qaramasdan, biz vaksina iyun oyida etkazib berilishiga umid qilamiz”, — degan u.






