AsosiyJamiyat

Surxondaryoda ayolning kaltaklanishi haqidagi video bo`yicha surishtiruv olib borilmoqda

'Surxondaryoda ayolning kaltaklanishi haqidagi video bo`yicha surishtiruv olib borilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda erkak kishi ayolni uydan chiqarib yuborish uchun kaltaklagani aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha holat Denov tumani bo`yicha IIO FMB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganilganida quyidagilar aniqlandi.

Denov tumani, “I.Turaev” SIU, “Buyuk ipak yo`li ” mahallasida yashovchi Q.S. 2021 yil 22 aprel kuni viloyat IIB 102 raqamiga qo`shnisi X.G. urib tan jarohati etkazganligi haqida murojaati va tuman markaziy kasalxonasining 25 apreldagi xabarnomasi navbatchilik qismida qayd etilib, bo`lgan holat yuzasidan surishtiruv harakatlari tuman IIO FMB 2-son IIB tomonidan olib borilmoqda.

Fuqaro Q.S.ning murojaatlari yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasidan o`tish to`g`risida qaror berilgan, fuqaroning olgan tan jarohati “engil tan jarohati” toifasiga kiradi deb xulosa chiqarilgan.

Fuqaro Q.S.ning murojaatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli yakuni bo`yicha qo`shimcha axborot berilishi haqida ma`lum qilamiz.

    Boshqa yangiliklar