AsosiyJamiyat

Bu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha Prezident videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tadi

'Bu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha Prezident videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Bu haqda ayni paytda bo`lib o`tayotgan brifingda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri. 

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda o`z nutqi avvalida OAV vakillarini 3-may Jahon matbuot erkinligi kuni bilan tabrikladi.

Shundan so`ng, Prezident matbuot xizmati tomonidan davlat rahbari faoliyatini yoritish uchun jalb qilingan davlat va nodavlat OAV vakillari ishtirokidagi rolik namoyish qilindi.

Brifingda Sherzod Asadov davlat rahbarining o`tgan hafta ish jadvalidagi muhim voqealarga qo`shimcha izohlar berdi.

Kelayotgan haftada davlat rahbari ishtirokida kutilayotgan  tadbirlar:

- Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo`yicha videoselektor o`tkaziladi. Davlat organlari rahbarlarining hisoboti eshitiladi.

- Chet tillarini o`qitish tizimini takomillashtirish bo`yicha yig`ilish, Tokio olimpiadasiga sportchilarimizni tayyorlash hamda qishloq xo`jaligi sohasini transformasiya qilish bo`yicha taqdimotlar bo`lishi rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar