AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov mulk ijarasi shartnomasiga oid nizolar xusususida ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 2021 yilda mulk ijarasi bilan bog`liq nizolar soni keskin ortgan. Birinchi chorakda 504 ta nizo ko`rib chiqilgan.
Mulk ijarasi shartnomasi haq evaziga tuziladigan shartnoma hisoblanadi, shu sababli ijaraga oluvchining asosiy majburiyatlaridan biri mulkdan foydalanganlik uchun haqni, ya`ni ijara haqini o`z vaqtida to`lashdir.
Shuningdek, ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mulkdan foydalanishga xalaqit berayotgan nuqsonlar, shu jumladan, shartnoma tuzish chog`ida aniqlanmagan nuqsonlar uchun ham javobgar sanaladi.






