AsosiyJamiyat

Bu hafta O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi? O`zgidromet ma`lumot berdi

'Bu hafta O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi? O`zgidromet ma`lumot berdi'ning rasmi

Bugun, 3 may kuni respublika hududi bo`yicha harorati 30-35°, janubda 37-38° bo`lgan asosan kam bulutli va issiq ob-havo bo`ldi.

Ertaga, 4 may kuni osmonni bulutlar qoplaydi, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati deyarli o`zgarmaydi.

Chorshanba, 5 may kuni O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubidan nam va deyarli salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Kunduz kuni harorat 23-28° bo`lgan qulay qiymatlargacha pasayadi.

5 mayda Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 6 may kuni esa respublikaning katta qismida yomg`ir yog`ishi va momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 23—28 daraja issiq bo`ladi.

 4 va 6 may kuni respublikaning ba`zi joylarda shamolning tezligi 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Juma kuni yomg`ir yog`ish ehtimoli bor hududlar Toshkent, Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari hisoblanadi. Havo harorati kechasi 12-17 darajani, kunduzi esa 25-30 darajani tashkil etadi. 

    Boshqa yangiliklar