AsosiyJamiyat

Bugun yog`ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, ikki viloyatda esa...

'Bugun yog`ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, ikki viloyatda esa...'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 4 mayda kunduz kuni respublika hududining katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, beqarorlik faqt Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida saqlanib turishi kutilmoqda, ushbu viloyatlarda kunnning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35° bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar