Tomsk migrasiya xizmatida uning xodimlari O`zbekiston fuqarosini kaltaklashgan. Holat bo`yicha tekshirish boshlangan, deya yozdi vesti.ru.
Erkakka nisbatan yomon munosabatda bo`lgan kadrlar 2 may kuni e`lon qilingan. Tasvirlarga ko`ra, xodimlar fuqarodan avtoulov lisenziyasini ko`rsatishni talab qilishadi, ammo u ularga pasport etarli ekanligini tushuntirib, ularni ko`rsatishni xohlamaydi.
Natijada, u xonaga olib ketilgan va xizmatning boshqa mijozlari oldida kaltaklangan.
Tomskda O`zbekiston fuqarosi bilan yuz bergan mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu holatga aniqlik kiritish, shuningdek har tomonlama va ob`ektiv tekshiruv o`tkazish yuzasidan O`zbekistonning Rossiya Federasiyasidagi Elchixonasi hamda Agentlikning Rossiya Federasiyasidagi vakolatxonasi tomonidan Rossiyaning vakolatli idoralariga tegishli so`rovnomalar yuborildi.
Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, Rossiyaning Tergov qo`mitasi va Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea bo`yicha tekshiruv ishlarini boshlagan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.






