Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G`.Sh. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 4 500 AQSh dollari evaziga IIV Qorovul qo`shinlarining quyi tizimiga xizmatga joylashtirib qo`yishga va`da berib, shundan 2 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan G`.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






