AsosiyJamiyat

Amrullo Karimov: "Mediahaftalik davomida juda katta bir tajriba to`planadi"

'Amrullo Karimov: "Mediahaftalik davomida juda katta bir tajriba to`planadi"'ning rasmi

Kecha 3-may – Butunjahon matbuot erkinligi kunida “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh" mediahaftaligining ochilishi bo`lib o`tdi. Besh kun davomida o`tkazilishi rejalashtirilgan mediahaftalik: o`nlab konferensiyalar, master-klasslar, filmlar namoyishlari, festivallar, ijodiy uchrashuvlar, forumlar va taqdimotlarni o`z ichiga qamrab oladi. Ushbu haftalikda ishtirok etayotgan O`zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti dekani mediahaftalik bo`yicha o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

Amrullo KARIMOV, O`zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti dekani: 

Mana kechadan boshlab bir hafta davomida Xalqaro media haftaligi boshlandi. Bu media haftalikda qator tadbirlar rejalashtirilgan va e`tiborli tarafi ustoz jurnalistlar bilan birgalikda jurnalist kadrlarni tayyorlaydigan oliy o`quv yurtlari ham jalb etilgan. Shu jumladan, O`zDJTU xalqaro jurnalistika talabalari ham ishtirok etayapti va bu erda talabalar uchun, kadrlar uchun foydali jihati mavjud. Eng avvalo, bugungi tadbirni oldingilaridan farqli tarafi bugungi paytda ularni til masalasi ya`ni horijiy tilda ham  o`zbek, rus  va ingliz tillarida alohida bir master klass va mahorat darslari bo`lib o`tmoqda. Shuning uchun horijiy tillarni biladigan mataxassislar ishtirok etishyapti. Bugungi kunda til sohasida o`z bilimiga, salohiyatiga ega bo`lganlarni alohida mahorat darslari bo`lib o`tadi. Demak ma`lum bir ma`noda bo`lib o`tayotgan mana shu tadbir davomida juda katta bir tajriba to`planadi va talabalar ham o`z bilimlariga ega bo`lishadi. Bunday tadbirlar bugungi kundagi oshkoralik media sohasida ahborot sohasida olib borishda juda bir muhim ahamiyat kasb etadi.

    Boshqa yangiliklar