AsosiyJamiyat

Malika Qodirxonova: "Mediahaftalik nafaqat yoshlarga, balki jamiyatimizni har bir fuqarosiga juda ham kerak bo`ladigan xaftalik"

'Malika Qodirxonova: "Mediahaftalik nafaqat yoshlarga, balki jamiyatimizni har  bir fuqarosiga juda ham kerak bo`ladigan xaftalik"'ning rasmi

Yoshlar ijod saroyida mediahaftalik tadbirlari o`tkazilgayotganini xabar qilgan edik. Ushbu tadbirda mutaxassilar bilan bir qatorda jamiyatimizning faol senat a`zosi ham ishtirok etib, o`z mulohazalari bilan o`rtoqlashdi:

Malika QODIRXONOVA, Oliy Majlis senati, Xotin qizlar va gender tenglik masalasi qo`mitasi raisi:

  — Tashkil etilgan tadbir menda juda katta taassurot qoldirdi, chunki hozir har bir faol fuqaro eng asosiy ma`lumotlarni tezkor ravishda ijtimoiy tarmoqdan olayapti va bu erda mana hozir yoshlarimiz tajribali jurnalistlar, mutahassislar bilan o`zini ustida aynan bu sohada ko`proq ishlashadi va ular uchun maxorat darsi bo`ladi deb o`ylayman. Bu bir hafta davomida bo`ladigan tadbirlar. Chunki biz o`zimiz Senat a`zolari, qonunchilik palatasi deputatlari ham har bir qilib yurgan ishimizni ommaviy tarmoq orqali yoritayapmiz va eng asosiysi fuqarolar murojaat qiladimi u murojaatni o`rgangan natijalarimiz ham Ommaviy axborot vositalari orqali yoritilyapti. Demak, bu tadbir nafaqat yoshlarga balki jamiyatimizni har  bir fuqarosiga juda ham kerak bo`ladigan xaftalik tadbirlar deb hisoblayman. Bu erda mana hozir chet ellik mutahassislarni ham ko`rayapmiz, ular bilan tajriba almashgan holda, yoshlar o`zlarini malakasini oshirib  jurnalistika sohasida yana ham katta tajribaga erishishadi.

    Boshqa yangiliklar