AsosiyJamiyat

O`zbekistonning qaysi hududda eng ko`p sabzavotlar etishtirilayotgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonning qaysi hududda eng ko`p sabzavotlar etishtirilayotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1-choragi davomida respublikamizda 65 721 tonna sabzavotlar etishtirilgan. Bu o`tgan yilga nisbatan solishtirilganda o`sish sur`ati 105,0 % ga teng.  

 2021 yilning 1-choragida etishtirilgan sabzavotlarning 11,9 % fermer xo`jaliklari, 67,3 % dehqon xo`jaliklari va 20,8 % qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to`g`ri keladi.

Hududlar kesimida etishtirilgan sabzavotlar hajmi:

  • Qoraqalpog`iston R. – 617 tonna
  • Andijon viloyati – 3 809 tonna
  • Buxoro viloyati – 4 994 tonna  
  • Jizzax viloyati – 984 tonna  
  • Qashqadaryo viloyati – 3 202 tonna  
  • Navoiy viloyati – 2 587 tonna  
  • Namangan viloyati – 2 030 tonna  
  • Samarqand viloyati – 2 910 tonna  
  • Surxondaryo viloyati – 19 346 tonna  
  • Sirdaryo viloyati – 1 236 tonna  
  • Toshkent viloyati – 13 808 tonna  
  • Farg`ona viloyati – 7 423 tonna  
  • Xorazm viloyati – 2 775 tonna

    Boshqa yangiliklar