AsosiyJamiyat

Ishlamaydigan xotiniga staj, marhum uchun pensiya, chek qo`yilgan qog`ozvozlik – Pensiya tayinlashda engilliklar berilmoqda

'Ishlamaydigan xotiniga staj,  marhum uchun pensiya, chek qo`yilgan qog`ozvozlik – Pensiya tayinlashda engilliklar berilmoqda'ning rasmi

"Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida"gi Qonunga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilmoqda.  Bu haqda Oliy Majlis quyi palatasining deputati Rasul Kusherbaev ma`lum qildi. 

O`zgartirish va qo`shimchalarga  ko`ra:

  • 2021 yil 1 iyundan keyingi davr uchun-jismoniy shaxs tomonidan mehnatga haq to`lash tarzidagi o`z daromadlaridan ishlamaydigan turmush o`rtog`i uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to`lagan davr ish stajiga qo`shib hisoblanishi;  

 

  • 2005 yil 1 yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida qo`shimcha tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanishi belgilanmoqda.  

 

  • Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko`rsatib o`tilgan oila a`zolariga u vafot etgan oy uchun to`liq to`lanadigan bo`ladi.  

 

Amalda esa pensioner vafot topgunga qadar o`tgan kunlari uchun to`lanardi.  

Shuningdek, tekshirish o`tkazilayotgan sanaga qadar uch yil va undan avval tayinlangan yoki qo`shimcha taqdim etilgan hujjatlarga asosan qayta hisoblangan pensiyalar tekshirilishi hamda ular bo`yicha pensiya miqdoridagi ortiqcha pullar to`langanligi aniqlangan holatlarda ortiqcha to`langan summalarni undirilishiga yo`q qo`yilmasligi belgilab qo`yilmoqda.  

 

Oddiy aytganda agar kimgadir adashib ko`proq pensiya to`lab kelingan bo`lsa, buni qaytarish talab qilinmaydi.  

 

Afsuski amalda bu kabi hollarda  pensionerlarni norozi qilib, pulni qaytartirish holatlari bo`lgan edi. Ushbu qonun qabul qilinsa endi  bunday bo`lmaydi.

 

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o`qishda qabul qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar