AsosiyJamiyat

Saylov kodeksining 9 ta moddasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilmoqda

'Saylov kodeksining 9 ta moddasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilmoqda'ning rasmi

Saylov kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis quyi palatasining deputati Rasul Kusherbaev ma`lum qildi.

Yangi loyihaga ko`ra, Saylov kodeksining quyidagi moddalariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish nazarda tutilgan:  

  •  14, 20, 22, 101 va 102-moddalarida yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlaridan quyi turuvchi saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko`rib chiqishni chiqarib tashlash;  

 

  •  21-moddada O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazish bo`yicha okrug saylov komissiyasi komissiya raisi, rais o`rinbosari, kotibi va o`n bir – o`n sakkiz nafar komissiya a`zosidan iborat tarkibda tuzilishini belgilash;  

 

  •  31-moddadan saylov byulletenida nomzodning egallab turgan lavozimi (mashg`ulotining turi), ish joyi ko`rsatilishi haqidagi normani chiqarib tashlash;  

 

  •  38-moddada saylovlarda siyosiy partiya yoki nomzodlarni qo`llab-quvvatlab imzo qo`yishda fuqarolar pasport bilan bir qatorda identifikasiya kartasi orqali ham shaxsini tasdiqlashi mumkinligini belgilash;  

 

  •  48-moddada saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o`tkazilishi joyi va vaqti haqida tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o`tkazilishi, bunda, ushbu ommaviy tadbirlarni o`tkazish uchun ruxsatnoma talab etilmasligini belgilash.  

 

Qonun loyihasi EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi saylovlar bo`yicha missiyasining mamlakatimizda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalari bo`yicha saylov to`g`risidagi amaldagi qonunchilikning tahlillari asosida Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan.  

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi. 

    Boshqa yangiliklar