AsosiyJamiyat

Mavzu dolzarbligini yo`qotmasligi uchun Sud qarori kuchga kirgunga qadar tafsilotlarni qanday yoritish mumkin?

'Mavzu dolzarbligini yo`qotmasligi uchun  Sud qarori kuchga kirgunga qadar tafsilotlarni qanday yoritish mumkin?'ning rasmi

Sud jarayoniga jurnalist aralashuvi mumkin emas. Bu qonunda taqiqlangan. Shuningdek, voqea haqida sud qarori kuchga kirmay turib yozish, OAVda e`lon qilish ham mumkin emasligi belgilangan. Sud qarori kuchga kirgunga qadar esa dolzarblik yo`qoladi. Sud jarayoni tafsilotlarini yoritish mumkinmi? Bunda qanday me`yorlar belgilangan?

Ushbu savolga  Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi: 

" - Sud jarayoniga, nafaqat, jurnalist, tashqaridan hech kimning aralashuvi mumkin emas. Sudlar faoliyati daxlsizdir.  

Biroq bu sud jarayonini kuzatish yoki yoritish mumkin emas, degan ma`noni bildirmaydi. Yoritish – bu hali jarayonga aralashish, degani emas.

 Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasiga ko`ra barcha sudlarda jinoyat ishlari oshkora ko`riladi (yopiq sud jarayonlari bundan mustasno).

Faqat sud jarayonida audio vavideoyozuvlarni amalga oshirish uchun sud majlisi raisi (sudya)dan ruxsat olish kerak.

 Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun sudlar zarur hollarda OAV xodimlarini, tegishli jamoat birlashmalarini va jamoalarni bo`lajak prosesslar to`g`risida xabardor qilishi, shuningdek, prosesslarni bevosita korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarida hamda ta`lim muassasalarida o`tkazishi mumkin.  

 Sud jarayonlarini yoritishda axborotning haqqoniyligi, xolisligi prinsiplariga hamda aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilinishi shart.

️ Shu bilan birga, jurnalist sud jarayonini yoritayotganda shaxsiy fikr-mulohazalar, turli izohlar va sharhlardan xoli ma`lumot berishi, jarayonni faqat sud xronikasi tarzida yoritishi kerak", - dedi Sevara Ubaydullaeva.

 

    Boshqa yangiliklar