Yunusobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 24 aprel kuni tanishi 56 yoshli Elena B.ning nabiralariga enagalik qilgan 34 yoshli Elena O. uy egasi yo`qligidan foydalanib, uydan 3.000 AQSh dollari va 7.000.000 so`m pulni o`g`rilab ketgan. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi 2 qismi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Gumonlanuvchi qo`lga olingan, tergov davom etmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.






