AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkent shahrida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 2 may kuni soat 00:20larda Toshkent shaxar, Mirzo-Ulug`bek tumani, TXAY ko`chalari chorraxasida, haydovchi, 1992 yil tug`ilgan O.Z. chapga qayrilayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo`nalishdan mast xolatda harakatlanib kelayotgan, 2000 yil tug`ilgan Sh.U. boshqaruvidagi "Kaptiva" rusumli avtomobilni o`tkazib yubormay YTH sodir etgan. Natijada "Kaptiva" haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, ag`darilib, yo`l chetida to`xtab turgan, Sh.M. boshqaruvida bo`lgan "Moskvich-412" rusumli avtoulovi bilan to`qnashgan.  Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada "Moskvich-412" xaydovchisi Sh.M. olgan tan jaroxatlari natijasida hodisa joyida vafot etgan. "Neksiya" haydovchisi O.Z. hamda "Kaptiva" hayvodchisi Sh.U. va yo`lovchilari 2000 yil tug`ilgan A.U., 2001 yil tug`ilgan R.N.larga tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv xarakatlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, qoidalarni chetlab o`tib o`zi va o`zgalar salomatligini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz",–deyiladi YHXBB xabarida.

Boshqa yangiliklar