AsosiyJamiyat

Buxoroda 33 yoshli ayol 36 yoshli ayolni qo`shni erkak bilan bo`lgan ishqiy munosabatlarini tarqatib yuborish bilan qo`rqitib, 1000 AQSh dollari talab qildi

'Buxoroda 33 yoshli ayol 36 yoshli ayolni qo`shni erkak bilan bo`lgan ishqiy munosabatlarini tarqatib yuborish bilan qo`rqitib, 1000 AQSh dollari talab qildi'ning rasmi

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi 1988 yilda tug`ilgan Ra`no (ism shariflari o`zgartirilgan), Kogon tumani Beklar mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug`ilgan Sharifaga, agarda unga 1.000 (ming) AQSh dollari bermaydigan bo`lsa, turmush o`rtog`i Mansur bilan ishqiy munosabatda bo`lib kelganligi haqidagi “sms” xabarlar va audio yozuvlarni uning oila a`zolariga ko`rsatish hamda internet tarmoqlarida tarqatish bilan qo`rqitgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati jabrlanuvchining shikoyati asosida xabar bermoqda. 

Bu bilan Sharifa u aytgan pulni berishga majbur bo`lib qoladi. Buxoro shahridagi “Markaziy Dorixona” oldida Sharifadan 10.000.000 (o`n million) so`m pullarni olayotgan vaqtida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Ra`noga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, bugungi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar