32 nafar fuqaroning nomidan kredit olishga erishgan MChJ hisobchisi va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A” MChJ bosh hisobchisi Sh.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, aslida MChJda ishlamaydigan 32 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz, soxta ma`lumotlarni tayyorlab, tijorat banklari filiallaridan jami 1,2 mlrd so`m kredit ajratilishiga erishib, o`zlarining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






