AsosiyJamiyat

O`zbekistonga nam va salqin havo massalari kirib kelmoqda, kuchli yomg`ir kutilmoqda — "O`zgidromet"

'O`zbekistonga nam va salqin havo massalari kirib kelmoqda, kuchli yomg`ir kutilmoqda — "O`zgidromet"'ning rasmi

5-7 mayda O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko`ra, 5-7 mayda respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 5-6 mayda tog` oldi va tog`li hududlarda kuchli bo`lishi mumkin.

5-6 mayda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 5 mayda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5-7 may kunlari respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFLI MAVJUD.

    Boshqa yangiliklar