AsosiyJamiyat

Uch kun mobaynida Chorvoqqa transport harakati cheklanadi

'Uch kun mobaynida Chorvoqqa transport harakati cheklanadi'ning rasmi

Joriy yilning 6-7-8 may kunlari Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida velosportning shosse yo`nalishi bo`yicha O`zbekiston chempionati o`tkazilishi munosabati bilan Bektemir – Chirchiq – G`azalkent – Chorbog` avtomobil yo`lida ma`lum vaqtlarda transport harakati cheklanadi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Unga ko`ra:

-  6 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chorbog` avtomobil yo`lining 34-54 kilometrlari oralig`i;

-  7 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Toshkent – Chorbog` – Chimyon avtomobil yo`lining 34-71 kilometrlari oralig`i;

- 8 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chirchiq shahri – Chirchiq Olimpiya zahiralar kolleji avtomobil yo`lida transport harakati cheklanishini ma`lum qilamiz.

 

    Boshqa yangiliklar