AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 1,6 mlrd so`m kredit mablag`i talon-toroj qilindi

'Qashqadaryoda 1,6 mlrd so`m kredit mablag`i talon-toroj qilindi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida 1,6 mlrd so`m kredit mablag`ini talon-toroj qilgan MChJ faoliyati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ATB “Mikrokreditbank” viloyat mintaqaviy filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.K.” MChJ rahbari D.S. va fuqaro A.U. bank filialidan savdo faoliyatini rivojlantirish uchun olingan 1,6 mlrd so`m kredit mablag`ini noqonuniy o`zlashtirib o`zlarining shaxsiy ehtiyojlariga sarflaganligi hamda garovga qo`yilgan bino va avtotransport vositasini bank muhrini qalbakilashtirish yo`li bilan taqiqdan chiqarib, band solingan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar