AsosiyJamiyat

Toshkentda 87 yoshli onaxon o`z qizi va nevarasi tomonidan muntazam urib, qiynab kelingan

'Toshkentda 87 yoshli onaxon o`z qizi va nevarasi tomonidan muntazam urib, qiynab kelingan'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda qari ayolning yuzida, qo`l va oyoqlarida ko`plab ko`kargan, lat egan jarohatlar aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB bergan rasmiy ma`lumotga ko`ra, mazkur holat haqidagi xabar 102 raqamiga tibbiyot muassasasidan kelib tushgan. Unga ko`ra 26 aprel kuni 1934 yilda tug`ilgan  G.Toza ismli ayol nevarasi 1983 yilda tug`ilgan G.Davron tomonidan olib kelingan. Jabrlanuvchining so`zidan, uni farzandi 1964 yilda tug`ilgan G.Saodat va nevarasi 1989 yilda tug`ilgan G.Sevara muntazam ravishda urib, qiynab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  110-moddasi 2-qismi “v” bandi, ya`ni ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsni qiynash alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. 

" - Tergov jarayonida jabrlanuvchining so`ziga ko`ra, unga tan jarohatlari etkazgan shaxslarning qilmishiga huquqiy baho beriladi, shuningdek mazkur noqonuniy harakat sodir etilishiga sabab bo`lgan shart-sharoitlar o`rganiladi", - deyladi bayonotda.  

    Boshqa yangiliklar