AsosiyJamiyat

O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimiga Finlandiya ta`lim tajribasi joriy etiladi

'O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimiga Finlandiya ta`lim tajribasi joriy etiladi'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan  matbuot anjumanida o`quv dasturlari va fanlarning uzluksizligi hamda uzviyligini ta`minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumot berildi.

Uzluksiz ta`lim tizimining uzviyligini ta`minlashni yanada takomillashtirish yuzasidan quyidagi vazifalar belgilangan:

1 oy muddatda “Uzluksiz ta`lim dasturlari” majmualarini taqrizdan o`tkazish va ingliz tiliga tarjima qilgan holda xorijiy ekspertlarga berish;

 22 ta fan kesimida uzluksiz ta`lim tizimida uzviylik muammolariga bag`ishlangan ilmiy amaliy anjumanlar tashkil etish;  

 2021-2022 o`quv yili boshlangunga qadar Maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, professional va oliy ta`lim muassasalarida yangilangan o`quv dasturlari va darsliklar asosida dars beruvchi o`qituvchilar uchun maxsus o`quvlar, seminarlar tashkil etish;

 2 oy muddatda Finlyandiya ta`lim tajribasidan O`zbekiston uzluksiz ta`lim tizimi o`quv dasturlari, darslik va o`quv adabiyotlarga singdirish mumkin bo`lgan jihatlarini o`rganish va joriy etish bo`yicha aniq takliflar tayyorlash.

    Boshqa yangiliklar