AsosiyJamiyat

Toshkent moliya instituti yana bir bor onlayn rejimga o`tdi

'Toshkent moliya instituti yana bir bor onlayn rejimga o`tdi'ning rasmi

Toshkent moliya instituti 6 maydan boshlab dars jarayonlarini 2 hafta muddatga (20 mayga qadar) to`liq masofaviy (onlayn) rejimga o`tkazilishini ma`lum qildi.

"Institutda o`quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo`yicha barcha sharoitlar yaratilganligini inobatga olib, darslar fakultetlarga o`rnatilgan Wi Fi qurilmalari hamda yuqori tezlikdagi internetga ulangan kompyuter xonalaridan foydalangan holda, ZOOM  videoaloqa dasturi orqali, dars jadvalida belgilangan vaqtlarda o`tilishi ta`minlanadi.

Shuningdek, barcha talabalar to`g`risidagi ma`lumotlar Oliy ta`lim jarayonlarini boshqarish HEMIS elektron ta`lim platformasiga kiritilganligini inobatga olib, fanlar bo`yicha kontentlar va topshiriqlarni tizimga kiritish va o`quv jarayoni natijalarini rasmiylashtirish ushbu axborot tizimida qayd etib boriladi" deyiladi xabarda.

Moliya instituti bundan avval ham, aniqrog`i 26 martdan 8 aprelga qadar masofaviy shaklga o`tkazilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar