AsosiyJamiyat

SSV: Virusga qarshi vaksina olgan hech bir fuqaroda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmadi

'SSV: Virusga qarshi vaksina olgan hech bir fuqaroda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmadi'ning rasmi

Mana, bir oydirki, yurtimizda vaksinasiya jarayonlari davom etmoqda. Ammo, taassufki, kasallik qayd etilish bo`yicha antirekordlar ham qayta-qayta yangilanib turibdi. Bunga aholi orasida karantin tartiblariga bepisand bo`lish holatlari asosiy sabab bo`lmoqda.  

Masalan, 1 aprel kuni:

5018 nafar fuqaro emlangan,  

mamlakatimizda 189 ta yangi kasallanish holati qayd etilib, jami kasallanganlar soni 83 239 nafarga etgan.  

30 aprelda esa:  

emlanish ko`rsatkichi 797 781 nafarga  etgan,

442 ta yangi kasallanish aniqlanib, umumiy kasallanish ko`rsatkichi 91 250 nafarga etgan.

E`tibor bering, qariyb bir oy davomida 800 ming nafarga yaqin aholi kasallikka qarshi emlangan, 8 ming nafardan ortiq fuqaro kasallikka yo`liqqan. Bu har 100 ta emlanish holatiga 1 ta kasallanish holati to`g`ri kelyapti degani. Ta`kidlash lozimki, hali virusga qarshi vaksina olgan hech bir fuqaroda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmadi. Shunday ekan, hamyurtlarimiz vaksinasiya jarayonlarida faol bo`lishlari kasallik tarqalishini to`xtatishning asosiy omili bo`lishi mumkin.

Ta`kidlash lozimki, oy oxiriga kelib xavf osti guruhiga kiritilgan aholining 25,3 foiz qismi koronavirusga qarshi emlandi. Ularning nisbati quyidagicha:

65 yosh va undan katta fuqarolar — 350 263 nafar;

tibbiyot xodimlari — 265 217 nafar;

maktab o`qituvchilari — 117 384 nafar;

maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari — 36 699 nafar;

surunkali kasalligi bor fuqarolar — 28 218 nafar.

Hurmatli yurtdoshlar, kasallik tarqalishining oldini olishning ikki chorasi bor: karantin tartiblariga amal qilish va emlanish. Agar shu ikki chorani birdek ishga solsak, koronavirusni engib chiqishimiz ehtimoli ikki karra oshgan bo`ladi.

Boshqa yangiliklar