AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi

'Qoraqalpog`iston qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi'ning rasmi

“Qoraqalpog`iston qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.

Qarorga muvofiq, Institut 2021/2022 o`quv yilidan Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tashkil etiladi.

Institutda ta`limning kredit-modul tizimi joriy etiladi, shuningdek, haftada besh kunlik o`qish hamda haftaning shanba kuni mustaqil o`zlashtirish kuni deb belgilanadi.

2022/2023 o`quv yilidan Institut tuzilmasida Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda “Geoaxborot tizimlari” markazi va laboratoriyasi tashkil etiladi.

Shuningdek, Institut huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urug`chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari” o`quv-ilmiy markazi faoliyati yo`lga qo`yiladi.  

Institutga xorijdan va respublikaning boshqa hududlaridan ishga taklif etilgan mutaxassislarga Nukus shahrida qurilayotgan arzon uy-joylar imtiyozli shartlar asosida ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar