AsosiyJamiyat

Haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilinadi

'Haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilinadi'ning rasmi

 “Yo`l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko`rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

 Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 avgustdan quyidagi davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko`rsatiladi:

  • avtomototransportlar va shahar elektr transportlari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatuvchi yuridik shaxslarning o`quv guruhlarini ro`yxatga olish;
  • avtomototransportlar va shahar elektr transportlar haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish.

2022 yil 1 avgustdan o`quv guruhlarini ro`yxatga olish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlar faqat YaIDXP orqali taqdim etiladi.

2021 yil 1 sentyabrdan haydovchilardan avtomototransportni boshqarish uchun ishonchnoma (notarial tartibda tasdiqlangan), texnik ko`rikdan o`tkazilganligi to`g`risidagi ma`lumot, avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma elektron shaklga o`tkazish orqali mazkur hujjatlarni haydovchidan talab etish tartibi bekor qilinadi.  

2021 yil 1 iyulga qadar DYHXX organlarida avtomatlashtirilgan elektron tizimlarning YaIDXPga integrasiya qilingan holda to`liq ishga tushirilishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar