AsosiyJamiyat

Malakali mutaxassislar og`ir sharoitli tuman va shahar tibbiyot birlashmalariga jalb qilinadi

'Malakali mutaxassislar og`ir sharoitli tuman va shahar tibbiyot birlashmalariga  jalb qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidentining “Sog`liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to`g`risida”gi Farmoniga ko`ra, ehtiyoj mavjud bo`lgan og`ir sharoitli tuman va shahar tibbiyot birlashmalariga  malakali rahbar xodimlar va mutaxassislar jalb qilinadi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Endilikda og`ir sharoitli tuman va shaharlar tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimlariga:  

  • respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari,  
  • oliy tibbiyot ta`lim muassasalari va ular huzuridagi klinikalarning malakali rahbar xodimlari va mutaxassislarini shartnoma asosida muayyan muddatga jalb qilinadigan bo`ldi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ushbu rahbar xodimlar va mutaxassislarga asosiy ish joyidagi o`rtacha oylik ish haqi miqdorini to`liq saqlagan holda ular jalb qilingan tibbiyot birlashmasi rahbari lavozimidagi oylik ish haqini to`liq to`lab berish, ushbu xarajatlar hamda ularning uy-joy ijarasi to`lovlarini mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan qoplab berilishi belgilab qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar