Prezidentimizning “Sog`liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to`g`risida”gi Farmoniga binoan hamshiralik ishi o`zini o`zi band qilgan shaxslar shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat turlari ro`yxatiga kiritildi.
Farmonga ko`ra, hamshiralik ishi faoliyatini amalga oshiruvchilarga o`zini o`zi band qilgan shaxslar uchun o`rnatilgan tartib bilan bir qatorda quyidagi talablar qo`yildi:
hamshiralik ishi faoliyatini faqat o`rta tibbiy yoki oliy hamshiralik ishi yo`nalishi bo`yicha oliy ma`lumotga ega Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli axborot tizimida 2022 yil 1 yanvardan boshlab ro`yxatdan o`tgan shaxslar amalga oshirishi;
hamshiralik ishi faoliyati bilan shug`ullanayotgan shaxs belgilangan muddatlarda o`z malakasini oshirib borishi kabi talablar belgilangan.






