AsosiyJamiyat

O`zbekistonda maktab o`quvchilari FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi

'O`zbekistonda maktab o`quvchilari  FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi'ning rasmi

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Ichki ishlar vazirligi va xalq ta`limi vazirligi hamkorligida o`tkazilgan Qo`shma Hay`at majlisida o`quvchilarni maktabda bo`lish vaqti FACE ID tizimi orqali nazorat qilinishi haqida aytib o`tdi deya yozmoqda O`zA'ga tayanib Xalq so`zi.

Xabarga ko`ra, ichki ishlar vaziri general-leynenant Po`lat Bobojonov ikki hamkor vazirliklarning tarixiy uchrashuvi sifatida e`tirof etilgan mazkur hay`at majlisida uchinchi renessans poydevori bo`lgan yoshlarning ta`lim olishlari uchun zaruriy barcha choralarni ko`rilishini bildirgan.

Toshkent, Namangan, Farg`ona, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasida yuz bergan holatlar, o`quvchilar tomonidan qo`l urilgan jinoyatlar va uning oqibatlari muhokama qilindi.

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov ham o`zaro hamkorlik natijasida birinchi navbatda kelajak avlod, maktablarda tahsil olayotgan o`quvchilar uchun zaruriy sharoitlar yaratilishi ko`zda tutilganligini ta`kidlab o`tgan.

Ayni vaqtda besh tashabbus doirasida barcha maktablar internet bilan ta`minlanmoqda.

«O`quvchilarni nazorat qilish va ota-onalar bilan o`zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida maktablarda face id tizimini joriy etish, ta`lim sifatini oshirish maqsadida sinf xonalariga ovozli kameralar o`rnatish va ularni ichki ishlar organlari hamda profilaktika inspektorlari bilan integrasiyalashuvini ta`minlash masalalariga alohida e`tibor qaratiladi», deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar