AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 6 mayda kunduz kuni O`zbekiston hududiga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi davom etadi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel kelishi xavfi bor. Ba`zi joylarda shimol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° gacha pasayadi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kuchli bo`lishi mumkin, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shimol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-19° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar