AsosiyJamiyat

Koronavirus: O`zbekistonda 1 million dozadan ortiq vaksina qo`llanildi

'Koronavirus: O`zbekistonda 1 million dozadan ortiq vaksina qo`llanildi'ning rasmi

5 may kuni mamlakatimiz hududlari bo`ylab  jami 45616 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo`llanildi, deya xabar qildi SSV Axborot xizmati.  

Ulardan:

-birinchi bosqich emlanganlar 34089 nafarni,  

- ikkinchi bosqichda emlanganlar 11527 nafarni tashkil qildi.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda 1 million 9510 doza vaksinadan foydalanilib,  ularning 32533 dozasi ikkinchi bosqichda qo`llanildi.

5 may kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

-Andijon viloyati (8588 doza),

-Toshkent shahri (7200 doza)  band qildi.  

Koronavirusga qarshi jami emlashlar soni:

-Farg`ona viloyatida 128838 doza,  

-Andijon viloyatida 118 093 doza,

-Namangan viloyatida 108 560 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar